21-oktabr kuni Bautrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Automechanika Tashkent, Comtrux Tashkent va Bautrux Tashkent 2026 — avtomobil sanoati, tijorat transporti va qurilish texnikasiga bag‘ishlangan uchta xalqaro ko‘rgazma Toshkent shahrida rasman ochildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, «O‘zavtosanoat» AJ, Messe Frankfurt GmbH, BMCA Uzbekistan, Shell Lubricants va SamAuto vakillari tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar.
🌍 19 ta mamlakatdan 503 ta kompaniya 25 000 m² maydonda o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston, Xitoy, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va BAA kompaniyalari bor.
🤝 Ko‘rgazmalarning birinchi kunidayoq 19 ta mamlakatdan 5 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi ishtirok etdi. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar ham bor.
🎤 Birinchi kunning biznes dasturida motor moylariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, avtomobil ehtiyot qismlari sifati standartlari, OEM va aftermarket segmentlari o‘rtasidagi raqobat hamda Markaziy Osiyo avtomobil bozorining rivojlanishi kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
Shell — Automechanika Tashkent ko‘rgazmasining Bosh hamkori.