21-oktabrdan 23-oktabrgacha Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar markazida uchta xalqaro ko‘rgazma — Automechanika Tashkent, Comtrux Tashkent va Bautrux Tashkent 2026 bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi — Messe Frankfurt kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Business Media Central Asia (BMCA) bo‘ldi.
2026-yilda dunyoning 19 mamlakatidan kompaniyalar o‘z mahsulotlari va ilg‘or texnologiyalarini namoyish etdilar: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina, Germaniya, Italiya, Polsha, Litva, Rossiya, Eron, Pokiston, Vyetnam, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni va BAA.

Umumiy ko‘rgazma maydoni 25 000 m² ni tashkil etdi. Uch kun davomida ko‘rgazmalarga 19 mamlakatdan, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreyadan 10 000 dan ortiq soha mutaxassislari tashrif buyurdi.
Tantanali ochilish marosimi 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, «O‘zavtosanoat» AJ, Messe Frankfurt GmbH, BMCA Uzbekistan, Shell Lubricants hamda SamAuto vakillari qutlov so‘zlari bilan chiqish qildilar.
Ko‘rgazmalarning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlar ekan, BMCA Uzbekistan bosh direktori (CEO) Dilfuza Samandarova quyidagilarni qayd etdi:
«O‘zbekiston Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim xabga aylanib bormoqda. Ko‘rgazmalarimiz esa ushbu salohiyat bilan birga o‘sib, xalqaro kompaniyalarga ishonchli hamkorlar topish va yangi bozorlarni ochishda ko‘maklashmoqda».

Automechanika Tashkent 2026 avtomobil ehtiyot qismlari, motor moylari, avtoelektronika va servis uskunalari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirdi. Taqdim etilgan brendlar orasida Michelin, MANN-FILTER, CARVILLE va boshqalar bor edi. Shell kompaniyasi ketma-ket uchinchi yil ko‘rgazmaning Bosh hamkori sifatida ishtirok etdi.
Comtrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasida SamAuto, UZTBM, MAN, FOTON va VUM kabi ishlab chiqaruvchilarning yuk mashinalari, avtobuslari va tijorat transportlari namoyish etildi.

Bautrux Tashkent 2026 qurilish texnikasi va maxsus uskunalar yetkazib beruvchilarini, jumladan KRANTAS Group va IKO Machinery kompaniyalarini bir maydonda jamladi.
Professional auditoriya
Ko‘rgazmalar maqsadli B2B auditoriyani jalb qildi: avto ehtiyot qismlari importyorlari va distribyutorlari, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari vakillari, TXT (STO) va servis markazlari rahbarlari, transport-logistika kompaniyalari, korporativ avtoparklar mutasaddilari, qurilish pudratchilari, developerlar hamda maxsus texnika xaridorlari.

Buyer Program: yirik xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar
2026-yilda ishtirokchilar va professional xarid mutaxassislari (bayerlar) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etishga qaratilgan Buyer Program dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Dastur doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan 5000 dan ortiq bayerlar ko‘rgazmaga taklif etildi.
Uch kunlik ishbilarmonlik va amaliy dastur

Ishbilarmonlik dasturi avtomobil bozorining rivojlanish istiqbollari, Scalex Forum doirasidagi xalqaro logistika masalalari, qurilish texnikasiga egalik qilish iqtisodiyoti hamda O‘zbekistondagi yirik megloyihalarni qamrab oldi.
Amaliy dasturdan PDR Day — bo‘yoqsiz qismlarni ta’mirlash bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek, Paint Correction & Car Care Day — avtomobil kuzovini sayqallash va himoya qilish amaliyotlari o‘rin oldi.
Noyob tyuning loyihalari hamda Kia, Volkswagen, BMW, Toyota, DEEPAL va boshqa brendlar avtomobillarini jamlagan Motor Fest ko‘rgazmaning eng yorqin voqealaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston bozori: kelgusi o‘sish salohiyati
Ko‘rgazmalar O‘zbekistonning avtomobilsozlik, transport-logistika va qurilish sohalarining jadal rivojlanishi fonida bo‘lib o‘tdi:
Mamlakat avtoparki 5 million transport vositasiga yaqinlashmoqda, bu esa butlovchi qismlar, uskunalar va servis xizmatlariga bo‘lgan barqaror talabni shakllantirmoqda.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning yuk aylanmasi 43 foizga, mamlakat orqali tranzit yuk tashuvlar hajmi esa 35 foizga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida qurilish ishlari hajmi 104,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,5 foizga o‘sdi.
Bu dinamika Markaziy Osiyo bozorida o‘z biznesini kengaytirishga intilayotgan xalqaro ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun yangi ufqlar ochmoqda.
Automechanika Tashkent, Comtrux Tashkent va Bautrux Tashkent 2027

Tashkiliy qo‘mita 2026-yilgi ko‘rgazmalarning muvaffaqiyatli o‘tishiga munosib hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilar, hamkorlar, spikerlar, bayerlar va tashrif buyuruvchilarga samimiy minnatdorchilik bildiradi.
2027-yilda Toshkentda uchrashguncha!
2027-yilda Toshkentda uchrashguncha!